“My Way Group” Korxonasi 13.05.2019 yilda tashkil topdi, maqsadimiz hozirgi zamon talablariga asoslangan holda, insonlar onlayn tarzda yuk mashinalarni chaqirishi uchun qulaylik yaratishni o’zimizga maqsad qildik.
Vazifamiz shundan iboratki bizning korxona orqali yaratilgan MY GRUZ mobil ilovasi insonlarning og’irini yengil qilish uchun xizmat qilishi,ko'p davlatlarning bozor iqtisodiyotida mavjud bo’lgan aholiga yuk tashish xizmatida ayrim mavjud manapolyaga barham berish, fuqarolar o’rtasida uzoq masofaga yoxud yaqin masofaga yuk tashishda (Xo’jalik mollar, qurilish mollar, istemol mollar va hakozolar) narxlarni normal bo’lishini ta’minlash va raqobatni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
"MY GRUZ" mobil ilovasidan asosan yuk mashinasi xizmatlarini ko'rsatuvchilar va yuk egalari foydalanishi mumkin
+Yuk tashish xizmatlarini taklif etuvchi shaxslar uchun mobil ilovadan foydalanish birinchi novbatda mustaqil raqobat imkoniyatini beradi, qaysiki yuk avtomashinalari turargohlarida bu narsa mavjud emas. Mobil ilovadan foydalanish ular uchun moliyaviy jihatdan ham tejamkorligida shubha yo'qdir.
+Yuk egalari uchun mobil ilova vaqt va pulni tejashda tengsizdir. Ko'p hollarda yuk egalari yuk mashinalarni topishlari ham qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun ham yuk egalari xizmat uchun ortiqcha haq to'lashga majbur bo'ladilar. Mobil ilova bilan yuk egalari xizmatni taklif qiluvchilarni barchasini ko'ra oladilar va ular bilan jonli muloqot qilib o'zlari uchun eng qulay bo'lgan variantni masofadan turgan holda tanlay oladilar.
+My GRUZ bilan muammoni oson hal qil!
My GRUZ endi onlayn chaqiruv xizmati!
Endi yuklaringiz ishonchli qo'llarda!
My GRUZ ilovasi eng yaxshi tanlov!
"Korxonamiz asoschisi, g’oya muallifi, umumiy moliyaviy ta’minot, hisob-kitob va bizda mavjud bo’lgan barcha ishlar uchun mas'ul katta rahbar."
"Mazkur ijrochi menejerlar korxonamizning salohiyatini oshirishda va ishimizning xavfsizligini ta’minlash, moliyaviy hisob-kitob, yangi xodimlarni ishga qabul qilish shu jumladan Korxonamizning mavjud ishlarning barchasiga mas'uldirlar."
Yuqori sifatli xizmat, kunduzgi texnik yordam.(web-saxifa)
"MY WAY GROUP" korxonasi biznes uchun huquqiy yordam xizmatlarini olib boradi: "MY WAY GROUP" X/K ning murakkab huquqiy muammolarni hal qilish ishlari bo'yicha mas'ul.
Korxonamizning mobil dasturchilar bo'limi rahbari.
Yuklarni mobil ilovaga joylashtirish mutlaqo bepul.
+Yuk tashish xizmatini tashkil etuvchilar uchun mobil ilovada ro'yxatdan o'tish bepul. Ular mobil ilovaga o'z xizmatlarini tavsif va ta'rifini mukammal joylashlari mumkin. Yuk mashinalarini parametrlari, rasmi, qancha sig'imda va og'irlikda yuk ko'tara olishi kabi va hokazolar. Yuk tashish yo'nalishlari, vaqtlari va xizmat narxlarini ham e'tirof etishlari mumkin bo'ladi. Yuk tashish xizmatiga muhtoj mijozlar ularni onlayn tarzda judayam qulay va oson topadilar.
+Yuk egalari mobil ilova orqali o'zlariga kerakli o'lcham va sig'imga ega yuk mashinalarini topishlari va xizmatni taklif etuvchi bilan mobil ilova orqali muloqot qilishlari,kelishuvlarni amalga oshirishlari mumkin. Yuk egalari uchun mobil ilova masofadan turib xizmat bo'yicha ma'lumotlar olish va kelishuvlarni amalga oshirish imkonini beradi.
+